Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

“Hunarmand” uyushmasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Ayol zotini, Ona siymosini xalqimiz azal-azaldan Yaratganning ulug‘ ne’mati, tengsiz moʻjizasi, deb biladi, uni hamisha ardoqlab-asrab yashaydi. O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida ham 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev uyushma tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni tabriklab, -yurtimizda hunarmandchilikni rivojlanishida qo‘li gul opa-singillarimizning ham o‘rni bor. Ular…

Ayol zotini, Ona siymosini xalqimiz azal-azaldan Yaratganning ulug‘ ne’mati, tengsiz moʻjizasi, deb biladi, uni hamisha ardoqlab-asrab yashaydi. O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida ham 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev uyushma tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni tabriklab, -yurtimizda hunarmandchilikni rivojlanishida qo‘li gul opa-singillarimizning ham o‘rni bor.

Ular asrlardan buyon saqlanib kelayotgan milliy hunarmandchilik an’analarini kelajak avlodlarga yetkazishda, yurtimizda shuningdek xorijiy mamlakatlarda o‘tayotgan ko‘rgazmalarda faol ishtirok etib, xalq amaliy san’atini keng namoyish etishda, tanitishda, shu bilan birgalikda ish o‘rinlarini yaratishda ham munosib hissalarini qo‘shmoqdalar. -Aziz va qadrli opa-singillar! hunarmand xotin-qizlar, Sizlarni yana bir bor tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman,-deb tabrikladi Uyushma rahbari o‘z so‘zida. Bayram tadbirida ayollarga bayram uchun esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Author: Uyushma axborot xizmati