Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki hafta muddatda Davlat boshqaruvida ayollar faolligini oshirish dasturini ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki hafta muddatda Davlat boshqaruvida ayollar faolligini oshirish dasturini ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi

Misol uchun, davlat idoralarida ishlayotgan rahbar ayollar ulushi 10 foizdan oshmaydi. “Ayollar ishlagan va rahbarlik qilgan joylarda tartib, adolat, halollik, madaniyat yuqori bo‘lishi hech kimga sir emas. Shu bois, har bir vazirlik, davlat kompaniyasi, bank va boshqa idoralar bir-ikki yil ichida o‘z tizimidagi ayollarni rahbarlikka o‘qitib, kamida 1 nafar o‘rinbosarini ham ayollardan qo‘yadi”, dedi davlatimiz…

Misol uchun, davlat idoralarida ishlayotgan rahbar ayollar ulushi 10 foizdan oshmaydi. “Ayollar ishlagan va rahbarlik qilgan joylarda tartib, adolat, halollik, madaniyat yuqori bo‘lishi hech kimga sir emas. Shu bois, har bir vazirlik, davlat kompaniyasi, bank va boshqa idoralar bir-ikki yil ichida o‘z tizimidagi ayollarni rahbarlikka o‘qitib, kamida 1 nafar o‘rinbosarini ham ayollardan qo‘yadi”, dedi davlatimiz rahbari. Oliygohlar, tibbiyot markazlarida ham xuddi shunday yondashuv bo‘ladi. Soliq, moliya, bank, sug‘urta, iqtisodiyot idoralarida ayollar ulushini kamida 30 foizga yetkazish lozim.

Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar ayollarni tayyorlash bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi va har yili kamida 100 nafar ayollar o‘qitiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati