Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Surxondaryo viloyati > Oltinsoy tumanidagi 5ta mahallada hunar oʼrganish kursi tashkil etiladi

Oltinsoy tumanidagi 5ta mahallada hunar oʼrganish kursi tashkil etiladi

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʼi Muhayyo Joʼraeva Oltinsoy tumanida imtiyozli kredit olgan hunarmand xotin-qizlar bilan uchrashdi.
Uchrashish davomida tumanda hunarmandchilikni rivojlantirish, ayniqsa, uyda oʼtirgan, band boʼlmagan lekin hunarmandchilikka layoqati bor opa-singillarimiz uchun gilam toʼqish va tikuvchilik hunarlarini rivojlantirish borasida imkoniyatlarni hisobga olgan holda ish tutish lozimligi oydinlashdi.
Endi Oltinsoy tumanidagi 5ta mahallada hunarmandchilikning qoʼlda gilam toʼqish turini rivojlantirish borasida hunar oʼrganish kurslari tashkil etiladi. Аytish lozimki, tumanda qoʼlda gilam toʼqiydigan hunarmand yoʼq. Shu sababli Shoʼrchi tumanida faoliyat olib borayotgan 5 nafar tajribali hunarmandlar ushbu loyihaga jalb etildi.
Oltinsoy tumanida 50 nafar hunar oʼrganish istagida boʼlgan xotin-qizlarning roʼyxati shakllantirildi. Karantin tugaganidan soʼng, har bir hunar oʼrganish oʼquv kursida 10 nafardan ayollar hunar oʼrganadilar.
Ushbu loyihani amalga oshirilishini viloyat hokimining oʼzi qoʼllab-quvvatlamoqda,-deydi Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʼi Muhayyo Joʼraeva .- Shuningdek, Respublika kasaba uyushmasi tomonidan mazkur loyihani amalga oshirilishiga 500 mln soʼm miqdorida mablagʼ ajratiladigan boʼldi. Respublika kasaba uyushmasi raisi Rafiqov ushbu loyihaning amalga oshirilishi chekka hudadlarda aholini bandligini taʼminlashda yordam berishini taʼkidladilar va Respublika Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ham bu loyihada munosib hissa qoʼshadi. Mablagʼ gilam toʼqish uskunalari va ip yigirish apparati sotib olinishiga yoʼnaltiriladi. Viloyatdagi gilamchilik rivojlantirish mchj tayyor mahsulotlarni toʼgʼridan-toʼgʼri sotib oladi va bu borada karantindan soʼng shartnoma tuziladigan boʼldi.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                    Uyushma Аxborot xizmati
Bizni kuzatib boring @handicraftman

Author: Uyushma axborot xizmati