Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Buxoro shahriga “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomini berish maqsadida Butunjahon hunarmandlar Kengashi Prezidenti Saad-al Kaddumi boshchiligida xalqaro o‘rganish hay’ati a’zolari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Buxoro shahriga “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomini berish maqsadida Butunjahon hunarmandlar Kengashi Prezidenti Saad-al Kaddumi boshchiligida xalqaro o‘rganish hay’ati a’zolari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Bugun 2022 yilning 27 mart kuni Buxoro shahriga “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomini berish maqsadida Butunjahon hunarmandlar Kengashi Prezidenti Saad-al Kaddumi boshchiligida xalqaro o‘rganish hay’ati a’zolari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida o‘rganish hay’ati a’zolari Toshkentda uchrashuvlar,  Xastimom majmuasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lishida va Buxoroga tashrif buyurishadi. Butunjahon hunarmandlar Kengashi Prezidenti Saad-al Kaddumi boshchiligida xalqaro o‘rganish…

Bugun 2022 yilning 27 mart kuni Buxoro shahriga “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomini berish maqsadida Butunjahon hunarmandlar Kengashi Prezidenti Saad-al Kaddumi boshchiligida xalqaro o‘rganish hay’ati a’zolari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida o‘rganish hay’ati a’zolari Toshkentda uchrashuvlar,  Xastimom majmuasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lishida va Buxoroga tashrif buyurishadi. Butunjahon hunarmandlar Kengashi Prezidenti Saad-al Kaddumi boshchiligida xalqaro o‘rganish hay’ati a’zolari joriy yilning 31 martiga qadar Buxoro shahridagi hunarmandchilik maktablari, markazlar, hunarmandlar bozori bilan yaqindan tanishish bilan birga hunarmandlar faoliyati, ularga yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni o‘rganadi.

O‘rganishlar natijasida  xalqaro o‘rganish hay’ati a’zolari Buxoro shahri hunarmandchilikning qadimiy ildizlarga ega ekanligi hamda hunar turlarining hozirgi kundagi rivoji baholanib, Buxoro shahrini Butunjahon Hunarmandlar shahri ro‘yxatiga qo‘shish haqida xulosalar beradi.

Author: Uyushma axborot xizmati