Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > U yasagan xunarmandchilik maxsulotlarini Qozogʼiston, Tojikiston va Rossiya davlatlariga muntazam eksport qilib keladi

U yasagan xunarmandchilik maxsulotlarini Qozogʼiston, Tojikiston va Rossiya davlatlariga muntazam eksport qilib keladi

Oʼzbekiston Respublikasi Jizzax viloyat Gʼallaorol tumani “Xunarmand” uyushmasi aʼzosi, 1-guruh nogironi Narzullaeva Barno Аbduvait qizi Miniatyura rang- tasvir naqqoshlik va boʼyoqli naqshlar yoʼnalishi boʼyicha 2017 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. B. Narzullaeva  1 guruh nogironi boʼlishiga qaramasdan kuchli iroda soxibasi, yoshligidan intiluvchan xarakter egasi boʼlganligi uchun 2 marta Gʼallaorol tuman “Tashabbus” koʼrik tanlovi  gʼolibi, 1…

Oʼzbekiston Respublikasi Jizzax viloyat Gʼallaorol tumani “Xunarmand” uyushmasi aʼzosi, 1-guruh nogironi Narzullaeva Barno Аbduvait qizi Miniatyura rang- tasvir naqqoshlik va boʼyoqli naqshlar yoʼnalishi boʼyicha 2017 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

B. Narzullaeva  1 guruh nogironi boʼlishiga qaramasdan kuchli iroda soxibasi, yoshligidan intiluvchan xarakter egasi boʼlganligi uchun 2 marta Gʼallaorol tuman “Tashabbus” koʼrik tanlovi  gʼolibi, 1 marta viloyat bosqichi gʼolibi boʼlgan. Shuningdek tuman,viloyat va respublikamizdagi festivallarning doimiy qatnashuvchisi undan tashqari xalqaro festivallar ishtirokchisi xisoblanadi.

B.Narzullaeva  yoshligidan xunarmandchilik faoliyati bilan shugʼullanish barobarida oʼz xunarini tumandagi yoshlarga oʼrgatib, shogirdlar tayyorlamoqda. Uning shogirdlari xam yosh xunarmandlar koʼrik _tanlovlarida yuqori oʼrinlar egallab kelmoqda.

U yasagan xunarmandchilik maxsulotlarini Qozogʼiston, Tojikiston va Rossiya davlatlariga  muntazam eksport qilib keladi.

Hozirgi kunda Barnoning faoliyatiga Janubiy Koreya Respublikasi qiziqish bildirib xar xil noyob xunarmandchilik maxsulotlariga buyurtmalar qabul qilmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati