Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Buyuk Britaniya, Global Heritage madaniy markazi boshqaruvchi direktori Eva Skala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniya, Global Heritage madaniy markazi boshqaruvchi direktori Eva Skala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya, Global Heritage madaniy markazi boshqaruvchi direktori Eva Skala bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuvda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya uzoq yillik mustahkam do‘stlik hamda hamkorlik rishtalariga ega ekanligi ta’kidlandi.   Xorijlik mehmon ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida hunarmandchilik sohasida hamkorlik aloqalarini yanada…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya, Global Heritage madaniy markazi boshqaruvchi direktori Eva Skala bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuvda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya uzoq yillik mustahkam do‘stlik hamda hamkorlik rishtalariga ega ekanligi ta’kidlandi. 

 Xorijlik mehmon ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida hunarmandchilik sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash haqida so‘z yuritdi. Shuningdek,  Eva Skala Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro hunarmandchilik festivalida Buyuk Britaniya delegasiyasi tarkibida ishtirok etgani va o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, insonlarining samimiyligi hamda yurtimiz hunarmandlari, o‘zbek xalq amaliy san’atining noyob hamda qadimiy va takrorlanmas tomonlari haqida gapirdi.

 Uchrashuvda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev mamlakatimizda hunarmandchilik yo‘nalishida yaratilgan imkoniyatlar  haqida gapirib berdi hamda mamlakatimizda 2022 yilning 21 — 25 may kunlari kunlari Buxoro shahrida Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali ,2022 yilda Qo‘qon shahrida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali, shuningdek, ushbu festival kunlari Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik Forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, tashkil etilishi haqida so‘z yuritib, ushbu tadbirlarga xorijlik mehmonni taklif etdi hamda Buyuk Britaniyada faoliyat olib borayotgan tajribali, iste’dodli, o‘z hunarmandchilik mahsulotlari bilan nom qozongan mashhur zardo‘zlar, zargarlar hamda boshqa hunarmandlarga ham yurtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan hunarmandchilik tadbirlarining o‘tkazilishi haqida so‘zlab berishini gapirdi.

 Xorijlik mehmon O‘zbekiston bilan yanada hunarmandchilik sohasida hamkorlikni kengaytirish borasida so‘z yuritdi

Author: Uyushma axborot xizmati