Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Xalqaro festivallar > O‘zbekiston Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan “Surajkund Mela” xalqaro hunarmandchilik festivalida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan “Surajkund Mela” xalqaro hunarmandchilik festivalida ishtirok etmoqda

2022-yilning 19-martidan 4-apreliga qadar Hindistonning Xaryana shtatida har yili o‘tkaziladigan 34-xalqaro “Surajkund Mela” an’anaviy hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda, unda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zolari bo‘lgan hunarmandlar  hunarmandchilik mahsulotlari  bilan ishtirok etmoqda. Festivalda har yili Hindistonning barcha hududlari va dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan hunarmandlar, shuningdek, 1,5 milliondan ortiq sayyohlar va mahalliy aholi ishtirok etadi.  “Surajkund…

2022-yilning 19-martidan 4-apreliga qadar Hindistonning Xaryana shtatida har yili o‘tkaziladigan 34-xalqaro “Surajkund Mela” an’anaviy hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda, unda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zolari bo‘lgan hunarmandlar  hunarmandchilik mahsulotlari  bilan ishtirok etmoqda.

Festivalda har yili Hindistonning barcha hududlari va dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan hunarmandlar, shuningdek, 1,5 milliondan ortiq sayyohlar va mahalliy aholi ishtirok etadi. 

“Surajkund Mela” dunyodagi eng yirik hunarmandchilik festivallaridan biri bo‘lib,  ushbu festival mamlakatimizning milliy hunarmandchiligi, milliy taomlari, shuningdek, xalq amaliy san’ati namunalarini namoyish etish imkonini beradi.

Author: Uyushma axborot xizmati