Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Rishton-Yaponiya madaniy iqtisodiy aloqalar markazi, tuman hokimligi hamda Yaponiyaning “Kumiko” brendi hamkorligida yangi loyiha ishga tushdi

Rishton-Yaponiya madaniy iqtisodiy aloqalar markazi, tuman hokimligi hamda Yaponiyaning “Kumiko” brendi hamkorligida yangi loyiha ishga tushdi

“Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi, Rishton-Yaponiya madaniy iqtisodiy aloqalar markazi, tuman hokimligi hamda Yaponiyaning “Kumiko” brendi hamkorligida yangi loyiha ishga tushdi. Rishton-Yaponiya madaniy iqtisodiy aloqalar markazida Yaponiyaning mashhur brendi “Kumiko” hamkorligida kashtachilik mahsulotlarini tayyorlash to‘garigi o‘z faoliyatini boshladi va mazkur to‘garakning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Mirzaahmedov, Rishton…

“Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi, Rishton-Yaponiya madaniy iqtisodiy aloqalar markazi, tuman hokimligi hamda Yaponiyaning “Kumiko” brendi hamkorligida yangi loyiha ishga tushdi. Rishton-Yaponiya madaniy iqtisodiy aloqalar markazida Yaponiyaning mashhur brendi “Kumiko” hamkorligida kashtachilik mahsulotlarini tayyorlash to‘garigi o‘z faoliyatini boshladi va mazkur to‘garakning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Mirzaahmedov, Rishton tumani hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Muqaddasxon Bekmirzayeva, Rishton-Yaponiya madaniy iqtisodiy aloqalar markazi direktori Gʻanisher Nazirov, “Kumiko” brendi rahbari Mariyama Risalar ishtirok etdi. Ushbu to‘garakka “Hunarmand” uyushmasidan biriktirilgan marg‘ilonlik mashhur kashtado‘z Zumradxon Rahmonova rahbarlik qilmoqda. To‘garakda 20 nafarga yaqin xotin-qizlar jalb etilgan bo‘lib, ular kashtachilik san’ati bo‘yicha o‘z mahoratlarini oshirib borishmoqda.

– O‘zbekistonga mehrim bo‘lakcha,- deydi Mariyama Risa. – Samarqand va boshqa bir qator tarixiy shaharlar meni o‘ziga rom etgan. Rishtonda faoliyat boshlashimga sabab ham shu aslida. Bu yerda tayyorlangan “Kumiko” brend ostidagi kashtachilik mahsulotlarini Yaponiya va boshqa mamlakatlarda sotishni maqsad qilganman. Yaponiyada qo‘l mehnatini juda qadrlashadi. Shuning uchun qo‘ldan tayyorlangan mahsulotlarning qadri baland. Kelajakda ushbu loyihamiz kengayshigiga ishonchim komil.

– Kashtachilik san’ati ixlosmandlari bo‘lgan xotin-qizlarimizni mazkur to‘garagimizga taklif etamiz, deydi Rishton-Yaponiya madaniy iqtisodiy aloqalar markazi direktori Gʻanisher Nazirov. – Bu ham hunar o‘rganish, ham daromad topish manbaidir.

 

Tadbirda shuningdek, Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Mirzaahmedov va Rishton tumani hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Muqaddasxon Bekmirzayevalar so‘zga chiqib, to‘garak faoliyatiga omad tilashdi.
Aytish joizki, ushbu loyiha orqali Rishton mahsulotlari jahon bozorini zabt etish uchun yana bir qadam tashlandi.

Author: Uyushma axborot xizmati