"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz tibbiyot xodimlari!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz tibbiyot xodimlari!

Bugun yurtimizda keng nishonlanayotgan shifokorlar bayrami, mamlakatimizda  faoliyat olib borayotgan sharafli va mashaqqatli soha tibbiyot xodimlari  kuni munosabati bilan Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi jamoasi yurtimizdagi barcha hunarmandlar nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Butun dunyoda ko‘rinmas yovga qarshi turib, o‘z jonini xatarga qo‘yib bo‘lsa ham mardonavor kurashib, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatayotgan shifokorlarimizga har qancha ta’zim…

Bugun yurtimizda keng nishonlanayotgan shifokorlar bayrami, mamlakatimizda  faoliyat olib borayotgan sharafli va mashaqqatli soha tibbiyot xodimlari  kuni munosabati bilan Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi jamoasi yurtimizdagi barcha hunarmandlar nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Butun dunyoda ko‘rinmas yovga qarshi turib, o‘z jonini xatarga qo‘yib bo‘lsa ham mardonavor kurashib, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatayotgan shifokorlarimizga har qancha ta’zim qilsak arziydi.

Xalqimiz salomatligini saqlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan Tibbiyot xodimlarini yana bir bor samimiy muborakbod etib, xonadoningizga tinchlik, xotirjamlik, faoliyatingizga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

O‘zbekiston Respublikasi
“Hunarmand” uyushmasi jamoasi