Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisning birinchi o‘rinbosari Qobiljon Jamalov Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘ldi

Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisning birinchi o‘rinbosari Qobiljon Jamalov Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘ldi

Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisning birinchi o‘rinbosari Qobiljon Jamalov Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘lib, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va hunarmandchilik loyihalari bilan tanishdi. Raisning birinchi o‘rinbosari Buvayda tumanida bo‘limning ish faoliyati hamda Rishton tumanida 2023 yilning birinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan «Oq yer» va «Qalaynav» MFYlardagi kulolchilikka ixtisoslashgan «Hunarmandlar markaz»larida amalga oshirilayotgan ishlar bilan…

Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisning birinchi o‘rinbosari Qobiljon Jamalov Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘lib, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va hunarmandchilik loyihalari bilan tanishdi. Raisning birinchi o‘rinbosari Buvayda tumanida bo‘limning ish faoliyati hamda Rishton tumanida 2023 yilning birinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan «Oq yer» va «Qalaynav» MFYlardagi kulolchilikka ixtisoslashgan «Hunarmandlar markaz»larida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Farg‘ona shahridagi «Saxovat va Muruvvat uyi»da gilam to‘qish va kashtachilik ustaxonasida «Hunarmand» uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, bu borada o‘z tavsiyalarini berdi. Xizmat safari natijasida «Saxovat va Murivvat uyida» o‘z ishini boshlagan imkoniyati cheklangan shaxslardan 7 nafari uyushmaga imtiyozli a’zolikka qabul qilindi. Bunday e’tibordan ta’sirlangan yangi a’zolar yangi maxsulotlari bilan xalqaro va maxalliy tadbirlarda qatnashish istaklarini bildirdilar.

Author: Uyushma axborot xizmati