Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Bugun 4-fevral kuni Hunarmandchilik eksportini rivojlantirish kengashi(EPCH), Dehli (Hindiston Respublikasi) va Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi (Oʼzbekiston Respublikasi) oʼzaro hamkorlik va sheriklik oʼrnatish toʼgʼrisida Memorandum imzolandi

Bugun 4-fevral kuni Hunarmandchilik eksportini rivojlantirish kengashi(EPCH), Dehli (Hindiston Respublikasi) va Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi (Oʼzbekiston Respublikasi) oʼzaro hamkorlik va sheriklik oʼrnatish toʼgʼrisida Memorandum imzolandi

IHGF Osiyoda har ikki yilda bir marta oʼtkaziladigan (bahor-kuz nashri) va hunarmandchilik eksportini rivojlantirish kengashi (EPCH) tomonidan tashkil etiladigan eng katta sovgʼa va hunarmandchilik yarmarkalaridan biridir.
EPCH Hindistonning 10 mingga yaqin eksport qiluvchi aʼzolariga ega boʼlgan eksportni rivojlantirish boʼyicha yetakchi tashkilot boʼlib, Hindistonning qoʼl sanʼatlari savdosi bilan shugʼullanadi.
Osiyodagi eng muhim va noyob yetkazib beruvchilar platformasi – (IHGF Dehli yarmarkasi 2020) endi tobora kengayib bormoqda.
IHGF Dehli koʼrgazmasining bahorgi yarmarkasi 2020 – importchilar, ulgurji savdo vositalari, distribyutorlar, chakana savdo doʼkonlari, moda dizaynerlari, va boshqa bir nechta noyob turli xil hunarmandchilik buyumlari, sovgʼalar va turmush tarzi mahsulotlarini manba qilish uchun oʼziga xos biznes maydonchasidir.
Bugun 4 fevarlь kuni Hunarmandchilik eksportini rivojlantirish kengashi (EPCH), Dehli (Hindiston Respublikasi) va Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi (Oʼzbekiston Respublikasi) oʼzaro hamkorlik va sheriklik oʼrnatish toʼgʼrisida Memorandum imzolandi. Memorandumni EPCH direktori Rakesh Kumar hamda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev tomonidan imzolandi.
Memorandumda hunarmandchilik sohasini rivojlantirishda ikki tashkilot oʼrtasida tajriba almashish, tomonlar tarafidan tashkil etiladigan tadbirlarda ikki mamlakat hunarmandlarining ishtirokini taʼminlash hamda bir qator boshqa masalalar belgilandi. Xususan, 2020 yil 15 – 19 aprel kunlari Hindistonda oʼtkaziladigan IHGF Dehli yarmarkasi (Bahor) 2020 da Oʼzbekistonlik 10 nafar hunarmandlarning qatnashishi borasida kelishib olindi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati