Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Kasb-hunar taʼlimi muassasalarida hunarmandchilik yoʼnalishida kadrlar tayyorlashning namunaviy oʼquv reja va dasturlari

Kasb-hunar taʼlimi muassasalarida hunarmandchilik yoʼnalishida kadrlar tayyorlashning namunaviy oʼquv reja va dasturlari

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4539-son qarorining 10-bandida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligiga “Hunarmand” uyushmasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari bilan birgalikda 2020 yil 1 mayga qadar hunarmandchilik yoʼnalishida kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kadrlar tayyorlashning namunaviy oʼquv reja va dasturlarini tasdiqlash belgilangan.
Qarorning mazkur bandi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 3 fevralь kuni Oliy va oʼrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosining majlislar zalida seminar oʼtkazildi.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi masʼul xodimlari, soha mutaxassislari, malakali hunarmandlar ishtirok etdi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati