Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklarga ajraldi

Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklarga ajraldi

Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, o‘ymakorlik, kashtado‘zlik, ko‘nchilik, tikuvchilik, to‘quvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo‘zlik, bo‘yoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va b.)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy…

Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, o‘ymakorlik, kashtado‘zlik, ko‘nchilik, tikuvchilik, to‘quvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo‘zlik, bo‘yoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va b.)ga ajraldi.

Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, mas, paxta va pilla bor yerda to‘qimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (mas, Rishton-da) kulolchilik, jun va teri ko‘p yerda to‘qimachilik va ko‘nchilik, shunga qarab kosibchilik, o‘rmonlar ko‘p yerda yog‘ochsozlikg ma’danlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo bo‘ylarida kemasozlik va boshqalar rivoj topgan. Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador holda Hunarmandchilikning 3 turi shakllangan.

1) uy hunarmandchiligi;
2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik ;
3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik. 

Uy hunarmandchiligi kapitalizmga qadar bo‘lgan davrlarda Hunarmandchilikning eng ko‘p tarqalgan turi bo‘ldi. Hunarmandchilikning bu turi natural xo‘jalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan Hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlash va bozorga Hunarmandchilik mahsulotlari ishlab  chiqarishning jadal o‘sishi bilan uzviy bog‘liq. Natijada Hunarmandchilik mahsulotlari tovarga aylandi, tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqarildi. 

Davr taqozosi bilan Hunarmandchilikning yangi-yangi turlari vujudga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslasha bordilar.

Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasbkoriga qarab shakllangan (masalan, 20-asrning boshlarida Toshkentda ko‘nchilar, kulollar, egarchilar, beshikchilar, o‘qchilar, kosiblar mahallalari bo‘lgan).

Author: Uyushma axborot xizmati