Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “O‘tgan yili noyabr oyida “Yashil makon” umummilliy loyihasini boshlab, 200 millionta daraxt ko‘chati ekishni reja qilib oldik

“O‘tgan yili noyabr oyida “Yashil makon” umummilliy loyihasini boshlab, 200 millionta daraxt ko‘chati ekishni reja qilib oldik

Kuz mavsumining “dolzarb 40 kunligida” 85 million dona daraxt ko‘chatlari ekildi. Ko‘plab hudud va tarmoq rahbarlari, mahallalar, aholi, fermer-dehqonlar, umuman keng jamoatchilik jonbozlik ko‘rsatib, katta ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, ayrim hududlardagi ishlarda pala-partishlikka, sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan. Misol uchun, Izboskan, Ulug‘nor, Arnasoy, Paxtakor, Namangan, Uychi, Dehqonobod, Pastdarg‘om, Oqoltin, Mirzaobod, Payariq, Bo‘stonliq, Chinoz, Yangihayot, Yunusobod tumanlarida ishlar…

Kuz mavsumining “dolzarb 40 kunligida” 85 million dona daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ko‘plab hudud va tarmoq rahbarlari, mahallalar, aholi, fermer-dehqonlar, umuman keng jamoatchilik jonbozlik ko‘rsatib, katta ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, ayrim hududlardagi ishlarda pala-partishlikka, sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.

Misol uchun, Izboskan, Ulug‘nor, Arnasoy, Paxtakor, Namangan, Uychi, Dehqonobod, Pastdarg‘om, Oqoltin, Mirzaobod, Payariq, Bo‘stonliq, Chinoz, Yangihayot, Yunusobod tumanlarida ishlar sust tashkil qilingan. 

Yunusobodda kuz mavsumida 20 mingdan ziyod daraxt ko‘chatlari ekish rejasi 43 foizga bajarilgan”, dedi Prezident.

Ekologiya qo‘mitasining rahbariyatiga ishlarni yangi yondashuv asosida tashkil etishga topshiriq berildi.

Author: Uyushma axborot xizmati