Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Buxoro viloyati > Buyuk bobokalonimiz Аlisher Navoiy mangu barhayot

Buyuk bobokalonimiz Аlisher Navoiy mangu barhayot

Ulugʼ mutafakkir, soʼz mulkining sultoni Аlisher Navoiyning boy maʼnaviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulugʼ bobokalonimizga ehtirom koʼrsatish, asarlarini oʼrganish, uni dunyoda keng targʼib etishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda. Ulugʼ shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy dunyo adabiyoti tarixida tengi topilmas bir siymo hisoblanadi. Isteʼdodining ulugʼvorligiyu teranligi jihatidan ham, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei yuzasidan ham, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot ahliga koʼrsatgan homiyligi jihatidan ham oʼxshashi yoʼq siymo.
“Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan Buxoro shahrida faoliyat olib borayotgan usta hunarmand Farrux Аtoev tomonidan Buxoro shahrida joylashgan sanʼat kollejida Buyuk bobokalonimiz Mir Аlisher Navoiyning siymosiga bagʼishlangan mahorat darsi tashkil etildi.
– Oʼzbek tili va adabiyotining asoschisi Mir Аlisher Navoiyning siymosi mangu barhayotdir. Men Аlisher Navoiy siymosiga bagʼishlangan mahorat darsini oʼtkazayotganimdan bagʼoyatda shodman,-deydi hunarmand F.Аttoev.
Navoiy oʼzining ijodi, insoniy gʼoyalari bilan butun dunyoda ezgulikni, insonparvarlikni, yaxshilikni tarannum etgan. Hazratning soʼz mulkining sultoni, deb atalishi ham bejiz emas. U kishining maʼnaviy merosi xalqimiz uchun bitmas-tuganmas xazinadir. Mahorat darsida Ulugʼ mutafakkir, soʼz mulkining sultoni Аlisher Navoiyning boy maʼnaviy merosi haqida soʼz yuritildi.

 

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati