Ta’ziya

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari, ustozimiz Islom Jasimov 66 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Islom Jasimov 1957-yil 24 martda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1986-2017-yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan. 1993-yilda “O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i”, 2001-yilda “Shuhrat” medali va 2017-yilda “Do‘stlik” ordeni davlat mukofotlari hamda 2020 yilda – qonun ustuvorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun…

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari, ustozimiz Islom Jasimov 66 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Islom Jasimov 1957-yil 24 martda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1986-2017-yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan.

1993-yilda “O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i”, 2001-yilda “Shuhrat” medali va 2017-yilda “Do‘stlik” ordeni davlat mukofotlari hamda 2020 yilda – qonun ustuvorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun “MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25 yilligi” medali bilan taqdirlangan. “Hunarmand” uyushmasi jamoasi Jasimov Islom Kazimovichning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati