Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > 2020 yilda hunarmandchilik sohasi rivojlanishini baholashning asosiy indikatorlari

2020 yilda hunarmandchilik sohasi rivojlanishini baholashning asosiy indikatorlari

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ–4539-sonli qarorining 16 band 3-xatboshida Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada hunarmandchilik sohasining rivojlanishini baholash uchun tegishli indikatorlarni Davlat statistika qoʼmitasi, Savdo-sanoat palatasi va «Hunarmand» uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va ularning 2020 yildan…

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ–4539-sonli qarorining 16 band 3-xatboshida Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada hunarmandchilik sohasining rivojlanishini baholash uchun tegishli indikatorlarni Davlat statistika qoʼmitasi, Savdo-sanoat palatasi va «Hunarmand» uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va ularning 2020 yildan boshlab har chorakda ommaviy axborot vositalarida chop etib borilishini taʼminlasin, deb belgilangan.

Hurmatli sahifalarimizni kuzatib borayotgan yurtdoshlarimiz Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot xizmati tomonidan hunarmandchilik sohasining rivojlanishini baholash uchun tegishli indikatorlar eʼlon qidinadi.

2020 yilda hunarmandchilik sohasi rivojlanishini baholashning asosiy indikatorlari.
1-jadval.

Joriy yilning 1-yarim yilligi davrida mamlakatimizda hunarmandchilikning orasida gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar, kashtachilik, milliy liboslar tayѐrlash, chinni, fayans va sopol buyumlari, qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlari, mualliflik mebellarini tayѐrlash, yogʼochdan tayѐrlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, hajmli va shaklli qoliplarda quyilgan buyumlar, metalldan yasalgan buyumlar, yogʼoch oʼymakorligi yoʼnalishlarida hunarini olib borish maqsadida roʼyxatdan oʼtgan hunarmandlar koʼpchilikni tashkil etdi. Buni jadval orqali koʼrishingiz mumkin.
2- jadval 

Mamlakatimizda xalqimizning madaniy merosi va tarixiy anʼanalarini saqlab qolish, xalq badiiy va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shugʼullanuvchi fuqarolarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash boʼyicha maqsadli va kompleks chora tadbirlarni amalga oshirilishi, shu asosda aholi, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam taʼminlangan oilalar bandligini taʼminlash maqsadida qabul qilinayotgan sohaga oid farmon va qarorlar “Hunarmand” uyushmasiga bir qator vazifalar yukladi. Shu oʼrinda taʼkidlash kerakki, olib borilgan keng targʼibot va tashviqot ishlari natijasida “Hunarmand” uyushmasidan roʼyxatdan oʼtgan hunarmandlar soni 2,5 barobarga oshdi. Yaʼni Farmon qabul qilinganga qadar “Hunarmand” uyushmasidan roʼyxatdan oʼtgan hunarmandlar soni 9823 nafarni tashkil etgan boʼlsa, bugungi kunga kelib ularning soni  33 294 nafarni tashkil etdi.Ushbu koʼrsatgichni quyidagi “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo hunarmandlar toʼgʼrisidagi  jadval koʼrinishidagi maʼlumotda koʼrishingiz mumkin.
3-jadval

Hunarmandchilikni rivojlantirish orqali yangi ish oʼrinlari yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2018 yilda 40 ming 338 ta, 2019 yil 48 175 ta, ish oʼrni tashkil etildi. Band boʼlmagan aholi, ayniqsa, yoshlarga “ustoz-shogird” anʼanalari asosida hunarmandchilik sirlarini oʼrgatish maqsadida hunarmandlarga yoshlar shogird qilib berilmoqda. 2020 yilning birinchi yarim yilligi davomida 30 964 yangi ish oʼrni yaratildi.Koʼrsatgichlarni quyidagi hunarmandchilik yoʼnalishida yaratilgan ish oʼrinlari toʼgʼrisidagi jadvalda koʼrishingiz mumkin.
4- jadval

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati