Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > CRAFT FAIR UZBEKISTAN 2023 yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

CRAFT FAIR UZBEKISTAN 2023 yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

DIQQAT, YANGILIK! Joriy yilning 15–17-noyabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” 3-pavilionida «CRAFT FAIR UZBEKISTAN 2023» II Xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.    O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan – kashtachilik, – kulolchilik, – misgarlik, – yog‘och o‘ymakorligi – gilamchilik, – milliy matolar, – miniatyura maktablarining bejirim ijodiy ishlarini hamda o‘z yaqinlaringiz uchun mahalliy hunarmandlarimiz…

DIQQAT, YANGILIK!
Joriy yilning 15–17-noyabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” 3-pavilionida «CRAFT FAIR UZBEKISTAN 2023» II Xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.    O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan – kashtachilik, – kulolchilik, – misgarlik, – yog‘och o‘ymakorligi – gilamchilik, – milliy matolar, – miniatyura maktablarining bejirim ijodiy ishlarini hamda o‘z yaqinlaringiz uchun mahalliy hunarmandlarimiz tomonidan tayyorlangan sovg‘alarni xarid qilishingiz mumkin.   Yarmarkada 200 nafar mahalliy, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Hindiston, Afg‘oniston kabi davlatlardan 40 nafar xorijiy hunarmand ishtirok etishi kutilmoqda.   Hurmatli mehmon! Ushbu yarmarkada hunarmandlar tomonidan mahorat darslarini kuzatish va bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, qolaversa, loydan ko‘za yasash, ipakdan mato to‘qish, do‘ppiga naqsh berish hamda beshik yasash jarayonlarida qatnashishingiz mumkin.   Yarmarka kunlari hunarmandchilik yo‘nalishi uchun kerakli dastgohlarni xarid qilishingiz ham mumkin. Yarmarkaga barcha yurtdoshlarimizni, qolaversa, xorijiy mehmonlarni, milliy va mintaqaviy tashkilotlar, assosiatsiyalar, vakolatxonalar, mehmonxonalar, shuningdek, davlat idoralarini taklif etamiz.   Markaziy Osiyodagi yilning eng muhim hunarmandchilik tadbiri «Craft fair Uzbekistan 2023» II Xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasini  o‘tkazib yubormang.
Batafsil ma’lumot uchun: +99871 279-80-88

Author: Uyushma axborot xizmati