Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

“Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati barcha jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlarini, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi. Sizlar o‘z kasbining jonkuyar, fidoyi insonlarisiz! Sizning mas’uliyatli, mashaqqatli va olijanob, ayni damda o‘ta sharafli faoliyatingizni juda qadrlaymiz. Aytish joizki, Siz, qadrli soha vakillari hunarmandchilik an’analari, xalq amaliy san’ati durdonalarini tanishtirishda…

“Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati barcha jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlarini, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizlar o‘z kasbining jonkuyar, fidoyi insonlarisiz!

Sizning mas’uliyatli, mashaqqatli va olijanob, ayni damda o‘ta sharafli faoliyatingizni juda qadrlaymiz.

Aytish joizki, Siz, qadrli soha vakillari hunarmandchilik an’analari, xalq amaliy san’ati durdonalarini tanishtirishda ulkan hissa qo‘shmoqdasiz.

Kelgusida ham xalqimizga hunarmandchilikni targ‘ib qilishda barcha kuch va g‘ayratimizni birgalikda safarbar qilib, hamkorlikda faoliyat olib boramiz, degan umiddamiz.

Barchangizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, Sizlarga sihat-salomatlik, yangi ijodiy yutuqlar, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilab qolamiz.

“Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati