Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > O’zbekiston xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik mahsulotlari yagona milliy brendi logotipi loyihasini ishlab chiqish yuzasidan tanlov e’lon qilinadi

O’zbekiston xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik mahsulotlari yagona milliy brendi logotipi loyihasini ishlab chiqish yuzasidan tanlov e’lon qilinadi

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik mahsulotlari yagona milliy brendi logotipi uchun tanlov eʼlon qiladi: Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan birga jismoniy shaxslar ham (frilanserlar, talabalar, hunarmandlarva h.k) ishtirok etishi mumkin. Tanlovda ishtirok etishi uchun quyidagi shartlarni bajarish zarur: Tanlov shartlari va texnik topshiriqlari bilan quyidagi sayt orqali tanishi bchiqing. www.handicraftman.uz….

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik mahsulotlari yagona milliy brendi logotipi uchun tanlov eʼlon qiladi:

Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan birga jismoniy shaxslar ham (frilanserlar, talabalar, hunarmandlarva h.k) ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etishi uchun quyidagi shartlarni bajarish zarur:

Tanlov shartlari va texnik topshiriqlari bilan quyidagi sayt orqali tanishi bchiqing. www.handicraftman.uz.
Logotipning oʼziga xos versiyasi ishlab chiqing va qiyosini taʼriflang.
Grafik fayl va taʼrif matnini, shuningdek, muloqot uchun maʼlumotlarni quyidagi elektron pochtaga info@handicraftman.uz. joʼnating.
Barcha ishlar Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati vakillari va fahriy hunarmandlardan tashkil topgan komissiyasi tomonidan qoʼrib chiqiladi.

Logotipni eskizlarini baholashda quyidagi mezonlar qoʼllanadi:
– yechimning ifodaligi;
– tanlov mavzusiga mosligi;
– mavzuni ochib berish chuqurligi;
– ijodiy yondashuv;
– oʼziga xoslik;
– logotip koʼrinishining kreativligi va yangiligi( logotip xalq amaliy sanʼati hunarmandchiliknii fodalashi kerak);
– logotipda biron bir boshqa logotipning qismlari yoki boshqa tashkilotlarga tegishli logotiplar yoki dizaynning elementlari yoki qismlari boʼlmasligi kerak.

Komissiya eng yaxshi ishlarni tanlab, final ishtirokchilari oʼrtasida keng jamoatchilik orasida ovozga qoʼyish orqali tanlov oʼtkaziladi. Final ishtirokchilarining ishlari, tanlov natijalari va tanlovning yakuniy gʼolibi uyushmaning rasmiy saytida eʼlon qilinadi: www.handicraftman.uz

Mukofot fondi:
1- oʼrin uchun- 3 000 000 soʼm.
2- oʼrin uchun- 2 000 000 soʼm
3- oʼrin uchun-1 000 000 soʼm.

Tanlovga taqdim qilingan materiallar 2020yilning 1 avgustigach aqabulqilinadi.
Ijodiy tanlov ishtirokchilari ishlariga talablar va shartlar:
Loyihalar faqatgina onlayn tarzda qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan bitta faylning oʼlchami 0.5 dan 10 Mb gacha, ikki koʼrinishda –“JPG yoki JPEG” va albatta “PSD” formatida boʼlishi lozim.
Tasvirlar amaldagi qonunchilikka xilof boʼlmasligi kerak.

Iltimos, mualliflik huquqini yodda tuting!

Logotipni yaratishda foydalanilgan barcha jihatlar faqat Sizga tegishli boʼlishi shart.

Ishtirokchilarga quyidagilardan foydalanish taqiqlanadi:

Mualliflik huquqlari bilan himoyalangan materiallar, shu jumladan, har qanday ochiq yoki yopiq manbalardan, shu jumladan, internetdan olingan materiallar,
Mashhur kishilar-taniqli musiqashunoslar, yozuvchilar, sportchilar, boshlovchilar, fotosuratlari yoki tasvirlari, hayoliy personajlar (multfilьm qahramonlari va h.k) kinofilьmlar kadrlar, kitoblarga illyustratsiyalar,
Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi taʼqiqlangan materiallar.
Materiallarda quyidagi maʼlumotlar koʼrsatilishi shart;
-ishtirokchining FIO, yoshi, muloqot uchun maʼlumotlari (telefon,-mail).

Komissiya tomonidan yuqorida keltirilgan shartlarga toʼgʼri keladigan va milliy hunarmandchilikni ifodalovchi eng yaxshi ish tanlab olinadi.

2020 yilning 20-avgustkuni gʼolib eʼlon kilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma tuziladi hamda ishchi formatdagi maketlar taqdim qilingandan soʼng gonarar toʼlanadi.

Gʼolib maketlardan foydalanish boʼyicha mutlaq huquqni Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasiga beradi.

Manzil:
Oʼzbekiston Respublikasi , 100185.
Toshkent shahri Doʼmbirobod koʼchasi 74-uy.
Telefon : (+99871) 279-80-88

Author: Uyushma axborot xizmati