Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Xoʼjayli tumanidagi Dehqon bozorida “Hunarmandlar bozori” ishga tushdi natijada 88 ta boʼsh ish oʼrinlari yaratildi

Xoʼjayli tumanidagi Dehqon bozorida “Hunarmandlar bozori” ishga tushdi natijada 88 ta boʼsh ish oʼrinlari yaratildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4539-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Xujayli tumanida hunarmandlar bozorchasi ishga tushdi.
– Koʼp yillardan buyon xoʼjaylilik hunarmandlarning orzusi, istagi tumanda hunarmandlar uchun bozor tashkil etilishi edi. Hunarmandning mahsuloti qanchalik tez va koʼp sotilsa, u oʼz ustida yana izlanadi, shogirdlar koʼpaytiradi, yangi ish oʼrinlari yaratadi,-deydi “Hunarmand”uyushmasining Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasi boshligʼi Dilfuza Аllambergenova. – Xoʼjayli tumani hunarmandchilikning milliy musiqa asboblari va beshikchilik turlaridagi hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishi bilan tanilgan.
Hunarmandlar bozorining ochilishida Xoʼjayli tumani hokim oʼrinbosari Seytmuratov Quralbay, Xujayli tumani xalk deputatlar kengashi deputati Аbdireymov Urazimbat, tumanda faoliyat olib borayotgan tijorat banklari rahbarlari, Dehqon bozori masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, «Hunarmand» uyushmasi Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasi, tuman boʼlimi rahbar va xodimlari, hunarmandlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
88 ta rasta, 8 ta doʼkonni oʼz ichiga olgan bozorda 88ta boʼsh ish oʼrinlari yaratildi. Har bir hunarmand oʼz doʼkonida usta-shogird anʼanalarini yoʼlga qoʼygan boʼlib, bu hunarmandlar soni yanada oshishiga, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz yanada qadr topishiga xizmat qiladi.

Uyushma Аxborot xizmat

Author: Uyushma axborot xizmati