Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Xalqaro festivallar > Farg’ona viloyat hokimi Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan II Xalqaro Hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik bo‘yicha mas’ullarga vazifalarni belgilab berdi

Farg’ona viloyat hokimi Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan II Xalqaro Hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik bo‘yicha mas’ullarga vazifalarni belgilab berdi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Qo‘qon shahridagi O‘rda maydonida bo‘lib, joriy yil 21-23 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan II Xalqaro Hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik bo‘yicha ishchi shtab yig‘ilishini o‘tkazdi. Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, Qo‘qon shahar sektorlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Qo‘qon shahri ko‘chalarini kompleks obodonlashtirish bo‘yicha mas’ullar belgilab berildi. Har…

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Qo‘qon shahridagi O‘rda maydonida bo‘lib, joriy yil 21-23 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan II Xalqaro Hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik bo‘yicha ishchi shtab yig‘ilishini o‘tkazdi.

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, Qo‘qon shahar sektorlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Qo‘qon shahri ko‘chalarini kompleks obodonlashtirish bo‘yicha mas’ullar belgilab berildi. Har bir mas’ulga biriktirilgan hududdagi yo‘llar va piyodalar yo‘laklarining ta’mirlanishi, yo‘l chetlarining ko‘kalamzorlashtirilishi, tashqi fasadi ta’mirlanishi lozim bo‘lgan binolarning tartibga keltirilishi bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Author: Uyushma axborot xizmati