Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasining Fargʼona viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

“Hunarmand” uyushmasining Fargʼona viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

2020 yil 3 mart kuni “Hunarmand” uyushmasining Fargʼona viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Qoʼqon shahrida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida hududdagi tajribali hunarmandlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Rishton kulolchilik maktabi namoyondalari akademik Sharofiddin Yusupov, hunarmandlar Аlisher Nazirov, Ismoiljon Komilov, Bunyodjon Yunusov, Oltiariq tumanida ijod qilayotgan musiqa asboblari ustasi Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi aʼzosi Rahmonali Nortojiev, Qoʼqonlik metaldan yasalgan buyumlar ustasi, xalqaro koʼrgazmalar laureati hunarmand Xasanboy Umarov, kandakor Foziljon Аbidov, ot anjomlari ustasi Аbdulxay Isaqov, hunarmand zardoʼz Jamila Karimova, yogʼoch oʼymakori Jamshid Umarov, milliy matolar ustasi Vohidjon Karimov hamda viloyat Аdliya boshqarmasi Qoʼqon shahar boʼlimi yetakchi mutaxassislari va Turizmni rivojlantirish markazi Qoʼqon boʼlimi mutaxassislari ishtrok etdi.
Qizgʼin va bahs munozaraga boy boʼlgan davra suhbatida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlar oʼz takliflarini bildirdilar. Jumladan, hunarmand Аlisher Nazirov 60 yoshdan yuqori boʼlgan hunarmandlarni imtiyozli aʼzo qilish, hunarmand Xasanboy Umarov Milliy katologga kirgan hunarmandlarga uy-muzey va ustaxona qurish uchun uzoq yillik toʼlovi bilan imtiyozli kreditlar ajratilishi haqidagi taklifni bildirdi.
Tadbir soʼngida “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi oʼrtaga tashlangan qonun loyihasiga berilgan barcha takliflarni umumlashtirib, uyushmaning Respublika rahbariyatiga taqdim etilishi aytib oʼtildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati