Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Toshkent shahar > “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Sergeli tumanida hunarmandlar oʼrtasida targʼibot tadbiri oʼtkazildi

“Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Sergeli tumanida hunarmandlar oʼrtasida targʼibot tadbiri oʼtkazildi

2020 yil 26 fevral kuni Toshkent shahar Sergeli tuman hokimligi majlislar zalida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4539-sonli qarorida belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan tumanda faoliyat olib borayotgan hunarmandlar bilan yigʼilish oʼtkazildi.
Yigʼilishda Sergeli tumani hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi, tuman soliq inspektsiyasi, tumanda faoliyat olib borayotgan hunarmandlar ishtirok etdi.
“Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi vakili soʼzga chiqib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4539-sonli qarori bilan Respublika hududlari 38ta tuman (shahar)lar hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʼnalishlari boʼyicha ixtisoslashtirildi va ularga Oʼzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini biriktirilganligi, Xalq amaliy sanʼati ustalarining Milliy katalogi tashkil etilib, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Milliy katalog ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt koʼrinishida ishga tushirilganligi haqida gapirib berdi. Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni boʼyicha cheklovlar bekor qilinganligini hamda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reestri va qarorda belgilangan barcha chora tadbirlar haqida batafsil tushuntirdi.
Yigilishda hunarmandlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati