Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Diqqat tanlov !!!

Diqqat tanlov !!!

2022 yilning 21 — 25 may kunlari kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali logotipi uchun tanlov e’lon qilinadi. Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va h.k) ham ishtirok etishi mumkin. Logotipning o‘ziga xos versiyasini ishlab chiqing va ta’rifini qisqacha bayon eting. Tanlovning mukofot fondi:…

2022 yilning 21 — 25 may kunlari kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali logotipi uchun tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va h.k) ham ishtirok etishi mumkin.
Logotipning o‘ziga xos versiyasini ishlab chiqing va ta’rifini qisqacha bayon eting.

Tanlovning mukofot fondi:
birinchi o‘rin uchun 5 000 000 (besh million) so‘m,
ikkinchi o‘rin uchun 3 000 000 (uch million) so‘m,
uchinchi o‘rin uchun 2 000 000 (ikki million) so‘mni tashkil etadi .

Eng yaxshi deb topilgan 3 ta variant festivalning tashkiliy qo‘mitasi e’tiboriga taqdim etiladi.
Tanlovga taqdim qilingan materiallar 2021 yil 15 noyabr soat 14 00 gacha qabul qilinadi.

2021 yilning 10 noyabr kuni g‘olib e’lon kilinadi va uning logotipi festival ramziga aylanadi.
Tanlov shartlari va texnik topshiriqlari bilan quyidagi saytda tanishib chiqishingiz mumkin. www.handicraftman.uz.
Grafik fayl va ta’rif matnini, shuningdek, muloqot uchun ma’lumotlarni quyidagi elektron pochtaga jo‘nating info@handicraftman.uz
Murojaat uchun telefon: (+371) 279-80-88

Tanlov bo’yicha nizomni yuklab olish

Author: Uyushma axborot xizmati