Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Xalqaro festivallar > O‘zbekiston eng yirik «Surajkund Mela» xalqaro san’at festivalining hamkori bo‘ldi

O‘zbekiston eng yirik «Surajkund Mela» xalqaro san’at festivalining hamkori bo‘ldi

1-16-fevral kunlari Hindistonning Xaryana shtatida Osiyodagi yeng yirik hunarmandchilik festivallaridan biri 34 -“Surajkund Mela” bo‘lib o‘tadi.
Ushbu yirik hunarmandchilik festivalida har yili 60 dan ortiq mamlakatdan milliondan ortiq hunarmandlar va mehmonlar ishtirok etadi.
“Surajkund Mela” – bu dunyo mamlakatlarining xalq amaliy san’at asarlari namoyish etiladigan pavilyonlar bilan jihozlangan ko‘rgazma. Konsepsiyaga ko‘ra, har yili festival mavzusi sifatida Hindistonning bitta shtati tanlanadi, xorijiy davlatlardan biri esa sherik-davlat sifatida tanlanadi. Ushbu format tomoshabinlarga ma’lum bir davlatning san’ati, urf-odatlari, madaniyati va milliy taomlariga e’tibor qaratishga imkon beradi.
Hamkor mamlakat sifatida festival an’anaviy hunarmandchilik, milliy san’at, fol’klor va sayyohlik sohalaridagi yutuqlarni namoyish etish uchun imkoniyat yaratadi. Unda 60 ga yaqin amaliy san’at ustalari, Samarqand, Xorazm va Buxoro viloyatlari delegasiyalari, musiqachilar, ijrochilar, madaniyat vakillari, an’anaviy taomlar oshpazlari va rasmiy doiralar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston pavilyonlari va madaniy tadbirlari O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi, viloyat hokimliklari va qator hamkor sheriklar tomonidan tashkil etiladi.
“Surajkund Mela” xalqaro hunarmandchilik festivali har yili Xaryana shtatining Turizm departamenti tomonidan Hindiston Turizm, Madaniyat, To‘qimachilik va Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati