Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Zamonamiz qahramonlariga ehtirom

Zamonamiz qahramonlariga ehtirom

Bugun 29 avgust kuni Samarqand viloyatida joylashgan SamMI 2- klinikasi, Kardiologiya, Viloyat Sogʼliqni Saqlash Boshqarmasi  aholiga beʼminat xizmat koʼrsatib kelayotgan bir guruh shifokor va hamshiralarni Oʼzbekiston mustaqilligining 29 yilligi bayrami bilan tabriklash maqsadida “Hunarmand” uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi rahbar va xodimlari hamda faol hunarmandlar borishdi. “Hunarmand” uyushmasi Samarqand viloyati boshligʼi Umid Hakimov bu yerda mehnat…

Bugun 29 avgust kuni Samarqand viloyatida joylashgan SamMI 2- klinikasi, Kardiologiya, Viloyat Sogʼliqni Saqlash Boshqarmasi  aholiga beʼminat xizmat koʼrsatib kelayotgan bir guruh shifokor va hamshiralarni Oʼzbekiston mustaqilligining 29 yilligi bayrami bilan tabriklash maqsadida “Hunarmand” uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi rahbar va xodimlari hamda faol hunarmandlar borishdi.

“Hunarmand” uyushmasi Samarqand viloyati boshligʼi Umid Hakimov bu yerda mehnat qilayotgan bir guruh shifokor va hamshiralarni Mustaqillik bayrami munosabati bilan tabrikladi. Tadbirda Zamonamiz qahramonlari shifokorlarni bugungi kunda xalqimiz salomatligi yoʼlida amalga oshirayotgan fidokorona mehnatlari eʼtirof etildi va ularga tashakkur bildirildi. Аlbatta, shifokorlar oʼz oʼrnida fuqarolar ham tibbiyot xodimlarini koʼrsatmalariga amal qilishni yaьni sanitariya qoidalari, normalar va gigiena qoidalariga qatьiy ravishda ehtiyot chorasini koʼrishni taʼkidladilar.

Tadbirda “Hunarmand” uyushmasi  tomonidan pandemiya davrida koʼrsatgan jasoratlari, koʼrinmas yovga karshi kurashishda jonbozlik koʼrsatib kelayotgan 55 nafar tibbiyot xodimlariga hunarmandchilik mahsulotlaridan iborat sovgʼalar topshirdilar.

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan tibbiyot maskanlarida bunday xayrli ishlar davom etmoqda.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati