Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘ymakorlik haqida

O‘ymakorlik haqida

O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekiston hududida O‘ymakorlik juda qadimdan rivojlangan. Ibtidoiy odamlar yog‘och, suyak, haivon shoxlaridan o‘zlari uchun zarur qurollar yaratib, ularni «bezashgan», turli ramziy chiziq va belgilar ishlashgan, toshlarga rasmlar chizishgan (q. Qoyatosh rasmlari). O‘zbekistonning janubidagi Oqtom va Quyi Mozordan topilgan hayvon shoxi hamda suyak bo‘lagiga chizib ishlangan tasvirlar mil. av. 2 — 1-ming yillarga…

O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekiston hududida O‘ymakorlik juda qadimdan rivojlangan. Ibtidoiy odamlar yog‘och, suyak, haivon shoxlaridan o‘zlari uchun zarur qurollar yaratib, ularni «bezashgan», turli ramziy chiziq va belgilar ishlashgan, toshlarga rasmlar chizishgan (q. Qoyatosh rasmlari). O‘zbekistonning janubidagi Oqtom va Quyi Mozordan topilgan hayvon shoxi hamda suyak bo‘lagiga chizib ishlangan tasvirlar mil. av. 2 — 1-ming yillarga mansub. Yumaloqtepa qa’rida milloddan 5-6-asrlarga oid yog‘och O‘ymakorlik namunalari saqlangan. Fayoztepa, Qoratepa, Ayritom poydevorlari marmar, toshdan ishlanib O‘ymakorlik bilan bezatilgan yodgorlik namunasidir.

Author: Uyushma axborot xizmati