Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Xattotlik arabcha – husnixat yozuvchi degan ma’noni bildirib, yozuv (xat) san’ati, kitob ko‘chirish hamda me’moriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalarini yaratish kasbini anglatadi

Xattotlik arabcha – husnixat yozuvchi degan ma’noni bildirib, yozuv (xat) san’ati, kitob ko‘chirish hamda me’moriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalarini yaratish kasbini anglatadi

Yozuvning paydo bo‘lishi natijasida yuzaga kelgan. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli Xattotlikning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qo‘lyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini ko‘paytirish (matn ko‘chirish) bilan xattotlar shug‘ullangan. Xattotlar saroylarda, ayrim amaldorlar huzurida guruh bo‘lib ishlagan. Xattotlik san’atiga bag‘ishlangan ko‘plab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy,…

Yozuvning paydo bo‘lishi natijasida yuzaga kelgan. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli Xattotlikning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qo‘lyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini ko‘paytirish (matn ko‘chirish) bilan xattotlar shug‘ullangan.

Xattotlar saroylarda, ayrim amaldorlar huzurida guruh bo‘lib ishlagan. Xattotlik san’atiga bag‘ishlangan ko‘plab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muhaqqaq, nasta’liq, suls, tavqe, ta’liq, devoniy, riqo, riq’iy) mavjudligi haqida darak beradi.

 

Author: Uyushma axborot xizmati