Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Boqiy qadriyatlar

Boqiy qadriyatlar

Yurtimiz uzra bahor nafasi barcha hududlarda o‘z iforini sochmoqda. Jumladan Boysun tumanida ham qir-adirlar yashil gilamini yoyib qo‘zichoqlarni marashi, ko‘m-ko‘k osmon uzra turnalar parvozi, yashil bog‘larda qushlarning xonishlari insonlar qalbida o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda. Momolarimiz asrlar davomida bugungi kunga qadar yetib kelgan milliy qadriyatlarimiz sumalak sayllari, milliy taomlar hamda hunarmandchilik kasblarini yosh avlodlarga yetkazib berishda o‘z…

Yurtimiz uzra bahor nafasi barcha hududlarda o‘z iforini sochmoqda. Jumladan Boysun tumanida ham qir-adirlar yashil gilamini yoyib qo‘zichoqlarni marashi, ko‘m-ko‘k osmon uzra turnalar parvozi, yashil bog‘larda qushlarning xonishlari insonlar qalbida o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda. Momolarimiz asrlar davomida bugungi kunga qadar yetib kelgan milliy qadriyatlarimiz sumalak sayllari, milliy taomlar hamda hunarmandchilik kasblarini yosh avlodlarga yetkazib berishda o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Ana shunday qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan milliy ruhdagi tadbirlardan biri “Boqiy qadriyatlar” shiori ostidagi tadbir bugun Boysun tumanida tashkil etildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova, Boysun tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Saodat Jo‘raqulova, xotin-qizlar faollari, otinoyilar ishtirokida yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Dast avval tumandagi 57-son umumta’lim maktabida hunarmand ayollar ishtirokida o‘zida milliy qadriyatlarimizni aks etgan hunarmandchilik ko‘rgazmalari namoyishi hamda kunning ikkinchi yarmida “Feruza” hunarmandlar markazida sumalak sayli bo‘lib o‘tdi. Momolar, onalar tomonidan sumalak boshida niyat qilinib, duoga qo‘l ochar ekanlar, yurt tinchligi, osmonimiz musaffoligi, bozorlarimiz to‘kin sochinligi, dehqonlarimiz va chorvadorlarimizning kasb-korlariga barakalar tilab duoga qo‘l ochdilar.

Author: Uyushma axborot xizmati