Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qashqadaryo viloyati > “Hunarmand” uyushmasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

“Hunarmand” uyushmasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

2020 yil 4 mart kuni “Hunarmand” uyushmasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan Sanʼat maktabi majlislar zalida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida hududdagi tajribali hunarmandlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlar oʼz takliflarini bildirdilar. Jumladan, Davlat korxonalari bilan shartnoma asosida ishlayotgan ustalarning takliflaridan kelib chiqib, ushbu qonunning xalq amaliy sanʼatiga oid bajarilgan ishlar uchun rastsenka (qoʼllanma) narxlar boʼyicha ishlab chiqish va uni tegishli davlat organlari (masalan qurilish vazirligi) bilan kelishilgan holda tasdiqlab berilsa maqsadga muvofiq boʼlishi, imtiyozlar jumladan, hunarmandlarni qatʼiy belgilangan soliqdan ozod etilishi doimiy deb koʼrsatilishi kerakligi haqidagi taklifni bildirdi.
Tadbir soʼngida “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi oʼrtaga tashlangan qonun loyihasiga berilgan barcha takliflarni umumlashtirib, uyushmaning Respublika rahbariyatiga taqdim etilishi aytib oʼtildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati