Xorazm viloyatida band bo‘lmagan aholini gilamchilik bilan shug‘ullanishga jalb qilish, o‘qitish va malakasini oshirish maqsadida gilamchilikni rivojlantirish loyihasi boshlangan

“Hunarmand” uyushmasi va Saudiya Arabistonining “Alwaleed Philanthropies” tashkiloti bilan hamkorlikda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani “Sarimoy” qishlog‘ida yashovchi band bo‘lmagan aholi ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni gilamchilik bilan shug‘ullanishga jalb qilish, bu borada ularni o‘qitish va malakasini oshirish, gilam to‘qish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida hududda gilamchilikni rivojlantirish loyihasi boshlangan edi. O‘tgan 2022-2023 yillar davomida 40 nafar xotin qizlarga…

“Hunarmand” uyushmasi va Saudiya Arabistonining “Alwaleed Philanthropies” tashkiloti bilan hamkorlikda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani “Sarimoy” qishlog‘ida yashovchi band bo‘lmagan aholi ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni gilamchilik bilan shug‘ullanishga jalb qilish, bu borada ularni o‘qitish va malakasini oshirish, gilam to‘qish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida hududda gilamchilikni rivojlantirish loyihasi boshlangan edi. O‘tgan 2022-2023 yillar davomida 40 nafar xotin qizlarga ip yigirish, bo’yash, gilam to‘qish va tayor mahsulotlar tikish bo‘yicha trening kurslari olib borilgan edi.

Loyihaning asosiy maqsadi ishsiz ayollarni mahalliy junni qayta ishlash va uy sharoitida gilam to‘qish va boshqa turdagi tayyor mahsulotlar yaratishga o‘rgatish bo’lib, gilamdo‘z ayollar – kasanachilarning kasbiy mahoratini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, bozor iqtisodiyotiga mos mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘rgatish va barqaror ishlab chiqarishga erishish, hunarmand ayollarning turmush darajasini oshirish hamda mahsulotlarni muntazam sotishni tashkil etish, gilamchilik an’analarini davom ettirishga erishildi. Gilam, sholcha, o’tob bezaklari, tesma va gilamdan boshqa jun mahsulotlari ishlab chiqarish hamda milliy va xalqaro bozorlarda sotish orqali hunarmandlarni barqaror daromad olishiga yo’naltirilgan. O‘tgan yillar davomida yangi turdagi mahsulotlar yaratilib , yirik turistik shaharlar va xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etib, savdosi yoʻlga qoʻyildi.

Author: Uyushma axborot xizmati