"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Interview > Xalqaro hunarmandchilik festivalining ahamiyati haqida…

Xalqaro hunarmandchilik festivalining ahamiyati haqida…

photo_2019-10-10_13-22-44

Kerol Аnne Gvizdak, Buyuk Britaniyalik Xalqaro hunarmandchilik festivali ishtirokchisi (zargar):

Xalqaro hunarmandchilik festivalida Uelsni nomidan ishtirok etish uchun zargar hunarmand sifatida tanlanganimdan hursandman. Festivalda ishtirok etishimdan oldin Oʼzbekiston, uning madaniyati, xalq amaliy sanʼati toʼgʼrisida maʼlumotga ega boʼldim va shuning uchun tadbirga oʼzgacha ishtiyoq bilan tashrif buyurdim.

Аvvalo festivalda ishtirok etayotgan mahalliy va xalqaro hunarmandlarning soni meni hayratga soldi. Soʼnggi yillarda Buyuk Britaniyada bu kabi mahoratli tadbirlar kam oʼtkazilmoqda. Аlbatta, xalqning oʼz ijodiy merosiga boʼlgan hurmatini koʼrish quvonchlidir. Bizni faxriy mehmon sifatida kutib olishdi. Аyniqsa, oʼzbek xalqining mehmondoʼstligi bizni hayratga qoldirdi. Har birimizga  alohida tarjimonlar ajratilganligi bizni yanada ilhomlantirdi. Tarjimonlar yosh, aqlli va oʼz xalqlari uchun haqiqiy jonkuyar edi. Festivalda hunarmandchilik mahsulotlarimizni namoyish etishda tarjimonlarning ham hissasi katta boʼldi. Menga ajratilgan tarjimon Ziroatxon menining ishimga qiziqqan insonlarga tushuntirib berishda katta  yordam berdi. Mening vatanim, zargarlik buyumlarini qanday yasashim toʼgʼrisida qiziqqan insonlar koʼp boʼldi.

photo_2019-10-10_13-22-38

Shuningdek, festival Oʼzbekistonning hunarmandchilik mahsulotlari bilan tanishish imkoniyatini berdi. Bilasizmi, turli xil mintaqalar orasidagi rang-baranglikni koʼrish quvonarli edi.

Men hunarmand zargarlar bilan uchrashishga muvaffaq boʼldim va uslublar va dizaynni muhokama qilish imkoniga ham ega boʼldim. Bundan tashqari, menda katta taassurot qoldirgan narsa toʼqimachilik mahsulotlari va ustaxonada ipak matoning qanday tayyorlanishi boʼldi. Bunday maʼlumotga ega boʼlganimdan judayam hursandmand.

Festivalning ochilishi va taqdirlash marosimlari katta taassurot qoldirdi. Xuddi Olimpiya oʼyinlarining ochilish marosimiga oʼxshaydi. Oʼzbekiston Prezidentining tashrifi festivalning ahamiyati qaydarajada muhimligini yana bir bor taʼkidladi.

Oʼylaymanki, festival barcha darajalarda katta muvaffaqiyatga ega boʼldi. Аmmo ushbu miqyosdagi barcha tadbirlar singari, ayniqsa ularning yarim yilida tanishtirish mumkin boʼlgan narsalar mavjud edi va men kelgusi oʼtkazilishi rejalashtirilayogan festival uchun quyidagi takliflarni bildirmoqchiman:

• Festival maydonchalarida qoʼshimcha joylar. Saytga aniq xaritalar va kundalik tadbirlar mundarijasini qoʼshish, shunda odamlar oʼzlari xohlagan narsani va qaerga borishni oʼzlari tanlashlari mumkin.

• Xalqaro stendlarning ochiq va yopiladigan vaqtlari. Koʼpchiligimiz bir-birimizning stendlarni koʼrishni xohladik, ammo chodirlar yopilganligi sababli bunday imkoniyatga ega boʼlmadik.

• Taklifning bir qismi sifatida, koʼpchiligimiz oʼz mahoratimizni namoyish etishni soʼrashdi. Men tegishli jihozlarni olib keldim, ammo imkoniyat yuzaga kelmadi. Bizni mehmonxonaga olib ketishganligi sababli tushlik paytida barcha xalqaro chodirlar yopildi. Vaqtni tejash uchun festivalda ovqatlanish yaxshiroq boʼlishi mumkin.

Festivalda ishtirok etish imkoniyati uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. Men buni hech qachon unutmayman va yana qaytib kelishga umid qilaman.