Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Yosh tadbirkor va hunarmandlar” festivali o’tkazildi

“Yosh tadbirkor va hunarmandlar” festivali o’tkazildi

Qumqo‘rg‘on tumani prokurorining tashabbusi bilan tadbirkor va hunarmand yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularga ko’maklashish maqsadida “Yosh tadbirkor va hunarmandlar” festivali o’tkazildi. Unda tuman prokurori Sh.B.Akramov, O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi, tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo’limi, tijorat banklari, “Hunarmand” uyushmasiga a’zo 100 ga yaqin hunarmandlar, Muruvvat internat uyi hamda mahallalarda hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh hunarmandlar o‘z…

Qumqo‘rg‘on tumani prokurorining tashabbusi bilan tadbirkor va hunarmand yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularga ko’maklashish maqsadida “Yosh tadbirkor va hunarmandlar” festivali o’tkazildi. Unda tuman prokurori Sh.B.Akramov, O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi, tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo’limi, tijorat banklari, “Hunarmand” uyushmasiga a’zo 100 ga yaqin hunarmandlar, Muruvvat internat uyi hamda mahallalarda hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh hunarmandlar o‘z ijodiiy namunalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir yakunida, baholash komissiya tomonidan 32 nafar g‘olib hunarmandlar aniqlanib, ularga estalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek tadbir ishtirokchilariga biznesni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish maqsadida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida tushunchalar berildi.
Qumqo’rg’on tumani hokimligi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati