Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Festival > Qoraqalpog‘iston Respublikasi > Xoʼjayli tumanida qizlarning hunarli boʼlishga koʼmaklashish maqsadida mahorat darsi tashkil etildi

Xoʼjayli tumanida qizlarning hunarli boʼlishga koʼmaklashish maqsadida mahorat darsi tashkil etildi

            Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning beshinchi yoʼnalishi xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi. “Hunarmand” uyushmasining Xoʼjayli tuman boʼlimi tomonidan joriy yilning 26 fevral kuni tuman Agro iqtisodiyot kollejida yosh qizlarning kasbiy mahoratlarini oshirish va hunarli boʼlishga koʼmaklashish maqsadida hunarmand Sevara Yarashbaeva ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida 25 nafarga yaqin talabalar ishtirok etdi.
Hunarmand S.Yarashbaeva talabalarga hunarmandchilikning jamiyatdagi oʼrni, hunar turlari, xususan, gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar yoʼnalishi borasida gapirib berdi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan mahorat darsi ishtirokchilarga taassurot qoldirdi. Mahorat darsi davomida qizlar oʼlchab bichishni mashq qilib, hunarmanddan tavsiyalar olishdi. Mahorat darsi yakunida kelajakda hunarmand S.Yarashbaevadan shogird sifatida ushbu hunarni egallash istagi bor qizlar ham boʼldi.

                                                                                                                                                                                                                                                                 Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati