Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmonga imzo chekdi. Unga muvofiq, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, serqirra ijodi, samarali ilmiy-amaliy faoliyati bilan sohalarni rivojlantirish yo‘lidagi…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmonga imzo chekdi.

Unga muvofiq, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, serqirra ijodi, samarali ilmiy-amaliy faoliyati bilan sohalarni rivojlantirish yo‘lidagi katta xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh faxriylar, mutaxassislar va xodimlar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.

Taqdirlanganlar orasida “Hunarmand” uyushmasi a’zolari hunarmandlar ham bor.

“Hunarmand” uyushmasi mehnatlari munosib baholangan, o‘z hunarini  sidqidildan ado etib kelayotgan barcha mukofot sohiblarini samimiy muborakbod etib, ijodiy   ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!

«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni

Ablakulov Nu’mon Maxkamovich    –    Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Samarqand viloyati

Narzullayev Abdulla Ibodullayevich    –    Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Buxoro viloyati

🏅”Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

Quryazov Mansur Shavkatovich    –    Xonqa tumanidagi «Jayhun» xalq qo‘g‘irchoq teatri rejissyori, Xorazm viloyati

🏅”Do‘stlik” ordeni bilan:

Umarova Xidoyatxon Mo‘minovna    –    Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, do‘ppido‘z, Farg‘ona viloyati

🏅”Shuhrat” medali bilan:

Boybayeva Nurxon Abdukadirovna    –    Chust tumanidagi hunarmand-do‘ppido‘z, Namangan viloyati

Jumayev Shonazar Ravshanovich    –    Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakor ustasi,

Buxoro viloyati

Isakov Abdulxay Umarovich    –    Qo‘qon shahridagi ot anjomlarini yasovchi hunarmand, Farg‘ona viloyati

Otajonov Bahodir Sultonovich    –    Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Xorazm viloyati

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi jamoasi yana bir bor mukofotlangan barcha hunarmandlarimizni samimiy muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida ulkan ijodiy zafarlar tilab qoladi.

Author: Uyushma axborot xizmati