Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasining Navoiy viloyat boshqarmasi Zarafshon shahridagi “Shodlik” bolalar shaharchasida tarbiyalanuvchilar bilan uchrashuv oʼtkazdi

“Hunarmand” uyushmasining Navoiy viloyat boshqarmasi Zarafshon shahridagi “Shodlik” bolalar shaharchasida tarbiyalanuvchilar bilan uchrashuv oʼtkazdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4539-sonli qarorining 3-ilovasida 2020 yil 1 martdan boshlab «Mehribonlik uylari»da Milliy katalogdagi hunarmandlarni jalb etgan holda «usta-shogird» anʼanasiga asoslangan oʼquv mashgʼulotlarini joriy etish belgilangan.
Shu munosabat bilan “Hunarmand” uyushmasining Navoiy viloyat boshqarmasi rahbariyati va xodimlari Zarafshon shahridagi “Shodlik” bolalar shaharchasida oʼquv mashgʼulotlarini joriy etish yuzasidan tarbiyalanuvchilar bilan uchrashuv oʼtkazdi va ularning hunarmandchilikka boʼlgan qiziqishlarini oʼrgandi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati