Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > 2023-yilning 6-iyun kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasida “Uch avlod uchrashuvi” nomli tadbiri o‘tkazildi

2023-yilning 6-iyun kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasida “Uch avlod uchrashuvi” nomli tadbiri o‘tkazildi

“Uch avlod uchrashuvi” tadbirini tashkil etishdan asosiy maqsad, xalqimizning tarixi bilan bog‘liq noyob asarlar, nodir qo‘lyozmalar, xattotlik san’ati asosida bezalgan hunarmandchilik buyumlari to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlarni o‘rganish, ularni kelajak avlodga yetkazish, yo‘qolib borayotgan san’at turini qayta tiklash, qolaversa ushbu san’atni qayta tiklashda mehnat qilayotgan xattotlarimizni faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Mazkur tadbirda “Hunarmand” uyushmasining  faxriy a’zosi, zabardast xattot,…

“Uch avlod uchrashuvi” tadbirini tashkil etishdan asosiy maqsad, xalqimizning tarixi bilan bog‘liq noyob asarlar, nodir qo‘lyozmalar, xattotlik san’ati asosida bezalgan hunarmandchilik buyumlari to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlarni o‘rganish, ularni kelajak avlodga yetkazish, yo‘qolib borayotgan san’at turini qayta tiklash, qolaversa ushbu san’atni qayta tiklashda mehnat qilayotgan xattotlarimizni faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Mazkur tadbirda “Hunarmand” uyushmasining  faxriy a’zosi, zabardast xattot, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, yuzlab asarlar muallifi, ko‘plab shogirdlar ustozi, yurtimiz va xorijda o‘tkazilgan nafis san’at festivallarining g‘olibi va sovrindori Salim Badalboyev, uning farzandlari hamda shogirdlaridan iborat bo‘lgan uch avlod vakillari ijodi talqin qilindi.

Shuningdek, usta va shogirdlar ishtirokidagi mahorat darsi va ularning ijodiy namunalari ko‘rgazmasi, mahorat darslaridan bahramand bo‘lindi. Aytish lozimki, mazkur ko‘rgazmada respublikamizning hududlaridan 50 nafardan ortiq xattotlik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan hunarmand xattotlarning ijodiy ishlari namoyish etildi.

Author: Uyushma axborot xizmati