Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Farg‘ona viloyati > Intellektual mulkka nisbatan hurmat

Intellektual mulkka nisbatan hurmat

Joriy yilning 25 fevral kuni Qoʼqon shahar hokimligi majlislar zalida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarining rivojlanishida intellektual mulk obʼektlarining oʼrni va intellektual mulkka nisbatan hurmat” mavzuida seminar boʼlib oʼtdi.
Ushbu seminarda Fargʼona, Аndijon, Namangan viloyat Аdliya boshqarmalari, Intellektual mulk agentligi viloyat boʼlimi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasining Fargʼona viloyat hududiy boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi va “Hunarmand” uyushmasi Fargʼona viloyat boshqarmasi rahbarlari hamda mahalliy hunarmand va ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, kichik biznes vakillari ishtirok etdi.
Seminarda Oʼzbekistonda intellektul mulk muhofazasi, intellektual mulk obʼektlari toʼgʼrisida, intellektual mulk obʼektlarining huquqiy himoyasini taʼminlash: nohalol raqobat misolida hamda tadbirkorlar huquqlarini himoyasini taʼminlashda Savdo-sanoat palatasining oʼrni haqidagi tushunchalar haqida maʼruzalar tinglandi. Hunarmandlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddi tashkilot vakillaridan javob oldilar.
Saminar yakunida barcha ishtirokchilar Jomʼe majmuasidagi mahalliy hunarmand va ishlab chiqaruvchilar koʼrgazmasining ochilishida ishtirok etdilar. U yerda ustazoda hunarmand, yogʼoch oʼymakori Mirzayunus Umarov, xalqaro koʼrgazmalar ishtirokchisi esdalik buyumlar ustasi, pichoqchi hunarmand Xasanboy Umarovlar oʼz mahsulotlari koʼrgazmasi bilan ishtirok etdi. Shu bilan birga usta hunarmandlar koʼrgazma ishtirokchilariga oʼzlarining noyob hunar turlari haqida yetarlicha maʼlumot berdilar.


Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati