“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovi eʼlon qilindi ✅ Tanlov to‘rtta yo‘nalishda o‘tkaziladi. 1️⃣“Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishida mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari ishtirok etadi. 2️⃣“Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘rtasida aniqlanadi. 3️⃣“O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha va dasturiy mahsulotlar”…
“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovi eʼlon qilindi
✅ Tanlov to‘rtta yo‘nalishda o‘tkaziladi.
1️⃣“Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishida mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari ishtirok etadi.
2️⃣“Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘rtasida aniqlanadi.
3️⃣“O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.
4️⃣“O‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar” yo‘nalishida yozuvchi, shoirlar ishtirok etadi.
📌Tanlov joriy yilning 1-iyulidan 1-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.
📎 Batafsil maʼlumot:
🌐 www.til.gov.uz saytida