Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Xiva, Guliston, Navoiy va Namangan shaharlaridagi Bolalar shaharchalarida joriy etilgan oʼquv mashgʼulotlaridan fotolavhalar

Xiva, Guliston, Navoiy va Namangan shaharlaridagi Bolalar shaharchalarida joriy etilgan oʼquv mashgʼulotlaridan fotolavhalar

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikniyanadarivojlantirishvahunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ–4539-son qarori bilan Uyushma tomonidan joriy yilning 1 martidan respublikadagi “Mehribonlik uylari”da Milliy katalogdagi hunarmandmandlarni jalb etgan holda oʼquv mashgʼulotlari tashkil qilindi.
“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari taʼlim olish bilan bir qatorda tajribali ustalardan hunar oʼrganish imkoniyatiga ega boʼlishdi. Eʼtiboringizga Xiva, Guliston, Navoiy va Namangan shaharlaridagi Bolalar shaharchalarida joriy etilgan oʼquv mashgʼulotlaridan fotolavhalarni havola etamiz.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati