Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Jizzax viloyati > “Hunarmand” uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

“Hunarmand” uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

2020 yil 4 mart kuni “Hunarmand” uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida hududdagi tajribali hunarmandlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Respublika “Hunarmand” uyushmasi boʼlim boshligʼi Chori Shodiev, “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi rahbar va xodimlari hamkor tashkilotlar vakillari va tajribali hunarmandlar ishtirok etdi.
Yigʼilishni Uyushma boʼlim boshligʼi Chori Shodiev kirish soʼzi bilan ochdi va “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasi toʼgʼrisida soʼz yuritdi.
Tadbirda “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlar oʼz takliflarini bildirdilar.
Tadbir soʼngida “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi oʼrtaga tashlangan qonun loyihasiga berilgan barcha takliflarni umumlashtirib, uyushmaning Respublika rahbariyatiga taqdim etilishi aytib oʼtildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati