Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Toshkent viloyati > “Hunarmand” uyushmasining Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

“Hunarmand” uyushmasining Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

2020 yil 5 mart kuni “Hunarmand” uyushmasining Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Zangiota tumani Eshonguzar qoʼrgʼoni Coworking Markazi binosida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida hududdagi tajribali hunarmandlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi boʼlim boshligʼi Lola Muhutova, Uyushmaning Toshkent viloyati boshqarmasi, tuman (shahar) boʼlim rahbar va xodimlari, iqtisodchi olimlar, soha mutaxassislari , tajribali hunarmandlar va OАV vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatini “Hunarmand” uyushmasi Toshkent viloyat boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari Аkmal Normatov kirish soʼzi bilan ochib, “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasi haqida soʼz yuritdi.
Davra suhbatida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlar oʼz takliflarini bildirdilar. Jumladan, Oʼzbekiston xalq ustasi, akademik, yogʼoch oʼymakori hunarmand Sirojiddin Rahmatillaev hunarmandchilik faoliyat turlarining oʼrganish darajasiga qarab, shogirdlar tayyorlash muddatini koʼrib chiqish va viloyat hududidagi Musiqa va sanʼat maktablari va barkamol avlod markazlarida hunarmandchilik maktablari tashkil etish toʼgʼrisida, yogʼoch oʼymakori hunarmand Shavkat Yusupov yogʼoch oʼymakorligida foydalaniladigan xomashyo mahsuloti yongʼoq daraxtlarini yetishtirish uchun yer maydonlari ajratish haqidagi taklifni bildirdi.
Tadbir soʼngida “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi oʼrtaga tashlangan qonun loyihasiga berilgan barcha takliflarni umumlashtirib, uyushmaning Respublika rahbariyatiga taqdim etilishi aytib oʼtildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati