Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Davlatimiz rahbari maktabda o‘qiyotgan qizlar va mahalladagi ayollarning kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilishini ta’kidladi

Davlatimiz rahbari maktabda o‘qiyotgan qizlar va mahalladagi ayollarning kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilishini ta’kidladi

2022 yil 1 iyundan boshlab bu borada yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi: – har bir viloyatdagi monomarkazlar va oliygohlar qoshida Malakani baholash markazlari tashkil etiladi; – ushbu markazlar ayollarni talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblarga o‘qishini tashkil etadi va keyin ularga malakasini tasdiqlab beradi; – markazlarda “ustoz-shogird” an’analari asosida tajriba to‘plagan xotin-qizlar ham malaka hujjati olish imkoniyatiga…

2022 yil 1 iyundan boshlab bu borada yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi:

– har bir viloyatdagi monomarkazlar va oliygohlar qoshida Malakani baholash markazlari tashkil etiladi;

– ushbu markazlar ayollarni talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblarga o‘qishini tashkil etadi va keyin ularga malakasini tasdiqlab beradi;

– markazlarda “ustoz-shogird” an’analari asosida tajriba to‘plagan xotin-qizlar ham malaka hujjati olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;

– markazlar orqali 2022 yilda 30 ming nafar xotin-qizlarni talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblarga o‘qitib, malaka hujjati berish bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy qilinadi;

– har yili maktab va kollejlarni bitirayotgan 20 ming nafar qizlarni IT sohasida o‘qitish bo‘yicha ham davlat buyurtmasi bo‘ladi;

– 2023 yildan ushbu tizim chet tillarini o‘rganish yo‘nalishida ham joriy etiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati