Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Mashhur “Homo Faber Guide” sayyohlik qaydnomasida “O‘zbekiston bobi” chop etildi

Mashhur “Homo Faber Guide” sayyohlik qaydnomasida “O‘zbekiston bobi” chop etildi

Mashhur “Homo Faber Guide” sayyohlik qaydnomasida “O‘zbekiston bobi” chop etildi: mamlakatimizning an’anaviy san’at va hunarmandchiligini namoyon etuvchi 11 nafar usta jahonning ko‘zga ko‘ringan hunarmandlari qatoridan joy oldi. Jo‘rabek Sidiqov – zarb qiluvchi, misgar usta. U onasining sevimli mashg‘ulotlaridan ilhomlanib, zarb qilish bilan qiziqib qoladi. U turli metal va asboblar bilan ishlash, andoza bichish kabi o‘zi…

Mashhur “Homo Faber Guide” sayyohlik qaydnomasida “O‘zbekiston bobi” chop etildi: mamlakatimizning an’anaviy san’at va hunarmandchiligini namoyon etuvchi 11 nafar usta jahonning ko‘zga ko‘ringan hunarmandlari qatoridan joy oldi. Jo‘rabek Sidiqov – zarb qiluvchi, misgar usta. U onasining sevimli mashg‘ulotlaridan ilhomlanib, zarb qilish bilan qiziqib qoladi. U turli metal va asboblar bilan ishlash, andoza bichish kabi o‘zi bilgan hamma narsadan saboq bergan taniqli usta Rahmat Ro‘zievning shogirdi hisoblanadi.

Hozir Jo‘rabek Sidiqov ziynatlangan yirik pannolardan tortib, idish, patnis va taqinchoqlargacha turli-tuman anjomlar yaratadi. U o‘z ijod mahsullariga an’anaviy mavhum bezaklar, gul naqshlari, muborak oyat, shaklli tasvirlar bilan sayqal beradi. Ustaga asarlari uchun ayrim g‘oyalar uning tushlarida namoyon bo‘ladi, hayotning rang-barang va turfa tarovatidan ayon bo‘lgan bu ilhom xayolotlariga ishonch bilan rioya etadi. Endi Jo‘rabek Sidiqov ijodiga oid tafsilotlarni ko‘proq “Homo Faber Guide” qaydnomasida olish mumkin.

Author: Uyushma axborot xizmati