Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “XALQ DARDI” telegramm kanalida yoritilgan videokontent yuzasidan rasmiy munosabat

“XALQ DARDI” telegramm kanalida yoritilgan videokontent yuzasidan rasmiy munosabat

Bloger Nigora Alimova tomonidan telegramm kanali orqali qilingan murojaatning umumiy mazmuniga ko‘ra, N.Alimova Ismoil ismli yosh hunarmandga o‘z faoliyatini kengaytirishi uchun katta miqdorda (3-4 mlrd.so‘m) imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilmayotganligidan va faoliyat uchun zarur bo‘lgan binoni qurilishi uchun yer maydoni ajratilmayotganligidan norozi bo‘lgan. Shuningdek, N.Alimova o‘z murojaatida “hunarmandlarga imtiyoz bormi yoki yo‘qmi?”, – deb ko‘pchilik uchun…

Bloger Nigora Alimova tomonidan telegramm kanali orqali qilingan murojaatning umumiy mazmuniga ko‘ra, N.Alimova Ismoil ismli yosh hunarmandga o‘z faoliyatini kengaytirishi uchun katta miqdorda (3-4 mlrd.so‘m) imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilmayotganligidan va faoliyat uchun zarur bo‘lgan binoni qurilishi uchun yer maydoni ajratilmayotganligidan norozi bo‘lgan. Shuningdek, N.Alimova o‘z murojaatida “hunarmandlarga imtiyoz bormi yoki yo‘qmi?”, – deb ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘lgan savol bilan yuzlangan. Yuqoridagi murojaat yuzasidan “Hunarmand” uyushmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son qarorining 2-bandiga ko‘ra, mahallalar va mikromarkazlarda hunarmandchilikni kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalari uchun 300 mln. so‘mgacha kreditlar ajratilishi belgilangan. Ta’kidlash joizki, mazkur huquq normasida 300 mln.so‘mdan ortiq miqdorda kredit ajratilishi belgilanmagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori 13-bandi ikkinchi xatboshisiga ko‘ra, 300 mln.so‘mgacha bo‘lgan imtiyozli kreditlar uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va boshqa ta’minot turlari inobatga olingan holda ajratiladi. Mazkur bandning birinchi xatboshisiga ko‘ra, hunarmandlarga 33 mln.so‘mgacha kredit ajratilishida garov ta’minoti talab etilmaydi va kredit ajratish uchun hokim yordamchisining tavsiyanomasi asos hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil-8 iyundagi PF-6243-son farmoni 2-bandiga asosan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi. Davlat Rahbarining 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son farmoni 3-bandiga asosan uyushma a’zolari o‘z mahsulotlarini sotishni amalga oshirganda qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘lashdan ozod etilganlar. Mazkur norma, kalendar yili davomida mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumning 100 mln. so‘mdan oshmagan qismiga tadbiq etiladi. 2023-yil 12-iyundagi PF-91-son farmonga muvofiq, 2023-yil 1-iyundan boshlab Milliy katalog va Turizm reyestriga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar yil davomida mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan. Soliq qodeksining 408-moddasiga asosan, yakka tartibdagi tadbirkorlar ijtimoiy soliq to‘lovini oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda “Hunarmand” uyushmasi a’zolari esa mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida to‘laydilar.

Author: Uyushma axborot xizmati