Mamlakatimizda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda. Ushbu ayyom munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib, uyushmada faoliyat olib boratgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Uyushma rahbari o‘z so‘zida, jamiyat rivojida ayollarning tutgan muhim o‘rni, ishlab chiqarish, fan, ta’lim, madaniyat va barcha sohalarda…
Mamlakatimizda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda. Ushbu ayyom munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib, uyushmada faoliyat olib boratgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Uyushma rahbari o‘z so‘zida, jamiyat rivojida ayollarning tutgan muhim o‘rni, ishlab chiqarish, fan, ta’lim, madaniyat va barcha sohalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faolligi, oila va farzandlar tarbiyasidagi roli haqida alohida to‘xtaldi.
Tadbir so‘ngida xotin-qizlarga 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan uyushma tomonidan Rishton kulolchiligi mahsulotlari sovg‘a qilindi.
“Hunarmand” uyushmasi
Axborot xizmati