Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Buxoroda zamonaviy dizayn va hunarmandchilik bo‘yicha birinchi Biyennale bo‘lib o‘tadi

Buxoroda zamonaviy dizayn va hunarmandchilik bo‘yicha birinchi Biyennale bo‘lib o‘tadi

Buxoro YUNESKOning nufuzli “Ijodkor shaharlar tarmog‘i” dasturiga qo‘shilganidan judayam faxrlandim. Ushbu ko‘hna shaharning tarixiy va madaniy merosi jahon hamjamiyatining munosib e’tirofiga sazovor bo‘lgani nihoyatda muhim voqeadir. 2025 yilda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan Buxoroda zamonaviy dizayn va hunarmandchilik bo‘yicha birinchi Biyennale bo‘lib o‘tadi. Ishonchim komilki, Biyennalening Buxoroda o‘tkazilishi xalqaro jamoatchilikning e’tiborini…

Buxoro YUNESKOning nufuzli “Ijodkor shaharlar tarmog‘i” dasturiga qo‘shilganidan judayam faxrlandim. Ushbu ko‘hna shaharning tarixiy va madaniy merosi jahon hamjamiyatining munosib e’tirofiga sazovor bo‘lgani nihoyatda muhim voqeadir. 2025 yilda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan Buxoroda zamonaviy dizayn va hunarmandchilik bo‘yicha birinchi Biyennale bo‘lib o‘tadi.

Ishonchim komilki, Biyennalening Buxoroda o‘tkazilishi xalqaro jamoatchilikning e’tiborini jalb etadi, qadim shaharning ham mutaxassislar, ham sayyohlar tomonidan yanada chuqurroq o‘rganilishiga turtki beradi. Buxoro YUNESKOning “Ijodkor shaharlari tarmog‘i” dasturiga “Amaliy bezak va xalq san’ati” yo‘nalishi bo‘yicha kiritilgan Markaziy Osiyodagi ilk shahar bo‘ldi. Mazkur dastur dunyoning jami 300 dan ortiq shaharni o‘z ichiga qamrab oladi.

Author: Uyushma axborot xizmati