Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Onlayn mahalla saytida subsidiya olish uchun ariza berish tartibi

Onlayn mahalla saytida subsidiya olish uchun ariza berish tartibi

Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 baravarigacha miqdorida; Sug‘orish vositalari xirid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha miqdorida; Urug‘liklar va ko‘chatlar sotish uchun – BHMning 3 baravarigacha miqdorida; Ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari…

Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 baravarigacha miqdorida;
Sug‘orish vositalari xirid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha miqdorida;
Urug‘liklar va ko‘chatlar sotish uchun – BHMning 3 baravarigacha miqdorida;

Ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun – BHMning 10 baravarigacha miqdorida;

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan harajatlarni qoplash uchun – har bir dastgoh uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorida;

“Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasiga a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha harajatlarni qoplash uchun kamija bitta ish o‘rin yaratish sharti bilan BHMning 10 baravarigacha miqdorida;

2022 yil 1 apreldan boshlab 2025 yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baiq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish harajatlarini qoplash harajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorida bir martalik;

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun – 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha;

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yhatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorida;

Hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali harajatlari uchun – a’zolik badali miqdorida;

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yhatdan o‘tgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yhatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish uchun – sarflanadigan harajatlarni to‘lashda bir martalik;

“Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun – 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorida;

Shogirdlarga – mustaqil faoliyat boshlash uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama harajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdoridan oshmaydigan qismiga;

Kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘quv xonalarida o‘qitish qiyin bo‘lgan quyidagi kasb yo‘nalishlarida “Usta-shogird” an’analari asosida hunar o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarga yoki hunar o‘rgatayotgan ustalarga shogirdlar tayyorlash yoki shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun – uch oy mobaynida har bir shogirdga har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati