Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Uy hunarmandchiligi oʼrta asrlarda hunarmandchilikning eng koʼp tarqalgan turi boʼldi

Uy hunarmandchiligi oʼrta asrlarda hunarmandchilikning eng koʼp tarqalgan turi boʼldi

Hunarmandchilikning bu turi natural xoʼjalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlash va bozorga hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal oʼsishi bilan uzviy bogʼliq. Natijada hunarmandchilik mahsulotlari tovarga aylandi, tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqarildi. Davr taqozosi bilan hunarmandchilikning yangi-yangi turlari vujudga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boʼyicha ixtisoslasha bordilar. Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning…

Hunarmandchilikning bu turi natural xoʼjalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlash va bozorga hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal oʼsishi bilan uzviy bogʼliq. Natijada hunarmandchilik mahsulotlari tovarga aylandi, tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqarildi.

Davr taqozosi bilan hunarmandchilikning yangi-yangi turlari vujudga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boʼyicha ixtisoslasha bordilar. Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasb-koriga qarab shakllangan (masalan, 20-asrning boshlarida Toshkentda koʼnchilar, kulollar, egarchilar, beshikchilar, oʼqchilar, kosiblar mahallalari boʼlgan). Аyrim mahalla, kvartal, shahar, oʼlkalar hunarmandchilikning maʼlum mahsulotlari bilan shuhrat qozona boshladilar.

Telegram |💬Faсebook |📹You tube |📸Instagram |🔍Web

Author: Uyushma axborot xizmati